Baxtliy
Onlayn to'y taklifnomasi

Kim kelishini aniq biling

Chiroyli taklifnoma yarating, har mehmonga alohida havola yuboring va kim ochgani, kim kelishini panelda kuzatib turing.

Kartа kerak emas · Telegram orqali kirish

Uch qadam

  1. 1

    Shablon tanlang

    Kataloqdan yoqqanini tanlaysiz. Keyin ham almashtirsa bo'ladi.

  2. 2

    Ma'lumotlarni to'ldiring

    Ismlar, sana, to'yxona va manzil. O'ng tomonda mehmon nima ko'rishini darhol ko'rasiz.

  3. 3

    Havolani yuboring

    Mehmonlar ro'yxatini yopishtirasiz, har biriga alohida havola tayyor bo'ladi.

Nimasi boshqacha

Har mehmonga shaxsiy havola

Taklifnoma mehmonni ismi bilan kutib oladi. Siz esa kim ochgani va kim javob bermaganini aniq ko'rasiz — umumiy son emas.

Oshpazga aytiladigan raqam

Javoblardan kutilayotgan mehmon soni hisoblanadi. Dasturxonni taxminga qarab tayyorlamaysiz.

To'y kuni ishlaydi

Sahifa tashqi xizmatlarga bog'liq emas: reklama, tashqi skript va uchinchi tomon so'rovlari yo'q. Sekin internetda ham ochiladi.

Sana o'zgarsa — havola o'sha

Qog'oz taklifnomada sana o'zgarsa hammasi bekor bo'ladi. Bu yerda mazmunni tahrirlaysiz, havola o'zgarmaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

Qancha turadi?

Hozircha butunlay bepul. Taklifnoma yaratish, mehmonlar ro'yxati, javoblar va statistika — hammasi.

Mehmon ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. Mehmon havolani bosadi va taklifnoma brauzerda ochiladi. Ro'yxatdan o'tish ham talab qilinmaydi.

Nega Telegram orqali kirish?

SMS o'rniga Telegram bot kodni yuboradi — bepul va raqamingiz Telegram tomonidan allaqachon tasdiqlangan.

Taklifnomani keyin tahrirlash mumkinmi?

Ha. Sana, joy va matnni istalgan vaqt o'zgartirasiz — mehmonlardagi havola o'sha-o'shaligicha qoladi.

Nechta mehmon qo'shsam bo'ladi?

Cheklov yo'q. Ro'yxatni bir marta yopishtirasiz — har qatorda bitta ism.

Taklifnoma qancha ochiq turadi?

To'ydan keyin ham ochiq qoladi — mehmonlar yozgan tilaklarni istalgan vaqt o'qiysiz.

To'yingizni boshlaymizmi?

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa oladi.

Bepul boshlash